Xoland: "Chempionlik poygasi hali tugamadi"
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand jamoasi "Arsenal"ni quvib o‘tishga qodir ekaniga ishonishini bildirdi.
25-turda "Liverpul"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan "shaharliklar" APL jadvalida 50 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. 56 ochko to‘plagan "Arsenal" esa peshqadam bo‘lib turibdi.
"Biz chempionlik poygasi faqat mavsum tugaganda yakunlanishini allaqachon ko‘rgamiz.
Shuning uchun hozir dush qabul qilishim, avtobusga qaytishim, tiklanishim, yaxshi ovqatlanishim va “Fulxem”ga e’tibor qaratishim kerak. Oldinda hali juda ko‘p o‘yinlar bor", — dedi Holand "qizillar"ga qarshi o‘yindan keyin.
"Manchester Siti" 11 fevral kuni Angliya chempionatining 26-turida o‘z maydonida "Fulxem"ni qabul qiladi.
Fikrlar