Xoland futboldagi kumiri kim bo‘lganini aytdi. U Ronaldu ham, Messi ham emas!

  • 11 dekabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland bolaligidan qaysi futbolchining o‘yinlarini muntazam kuzatib borganini aytdi.

- Men bolaligimdan “Suonsi” futbolchisi Michuning o‘yinlarini kuzatishni yaxshi ko‘rardim. U chap oyoqda zo‘r o‘ynardi va bo‘yi baland bo‘oishiga qaramay, qulay vaziyatlardan ustalik bilan foydalanardi, - dedi Xoland.

Michu Ispaniyaning “Rea Ovedo” hamda “Selta” jamoalari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchi faoliyati davomida “Rayo Valekano”, “Suonsi”, “Napoli”, “Langreo” kabi jamoalarda ham to‘p tepgan.

37 yoshli ispaniyalik o‘yinchi professional faoliyatini 2017 yili yakunladi va ayni paytda “Burgos” jamoasi sport direktori sifatida ishlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!