Xoland katta rekord ostonasiga keldi

  • 29.08.2023 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining uchinchi turida “Manchester Siti” Sheffild shahridagi bahsda “Sheffild Yunayted” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari qiyinchilik bilang 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Avvaliga penaltini aniq bajara olmagan Erling Xoland ikkinchi bo‘limda hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu norvegiyalik yulduzning Premer-ligadagi 39-goli sifatida qayd etildi. Buncha gol urish uchun 22 yoshli futbolchiga 38 ta o‘yin kifoya qildi.

Endi Xoland yana bir katta rekordni o‘rnatishiga hech qanday shubha qolmadi. Angliya futbolining yorqin yulduzlari – Alan Shirer va Endi Koul yuqori diviziondagi dastlabki 40 ta golini 45 ta uchrashuvda kiritib, rekord o‘rnatgan edi.

Erling oldindagi ettita uchrashuvdan birida yana bitta gol urish orqali sobiq futbolchilarning bu ko‘rsatkichni yangilab, yangi rekordchiga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!