Xoland keldi, endi bu hujumchi kerakmas!

  • 16 may, 2022, 19:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Erling Xoland transferini ijobiy hal qilganidan keyin jamoa hujumchisi Gabriel Jezusni sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, braziliyalik futbolchini “Arsenal” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Kanonirlar” 25 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olish uchun “shaharliklar”ga 40 million evro to‘lashga tayyor.

Biroq “Manchester Siti” mutasaddilarining maqsadi sal boshqacharoq. Ular 2017 yili    32 million evroga olib kelingan hujumchini deyarli ikki baravar qimmatga sotmoqchi.

Gabrielning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanishini inobatga olib, “Arsenal” muzokarachilari uning transfer summasini pasaytira olishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!