
Xoland “Real” yulduzlariga xavf solmoqda
“Real” rahbariyati “Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandning transferini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Agar “Qirollik klubi”ning rejasi amalga oshsa, ular jamoa hujum chizig‘idagi yulduzlardan birini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar birinchi navbatda Vinisius Junior yoki Rodrigo Goesdan voz kechishi kutilmoqda.
Vinisius Juniorda Saudiya Arabistonidan superdaromadli taklif bor. Qolaversa, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” unga ish berishga tayyor.
Rodrigo anchadan beri Evropa grandlari nishonida turibdi. Braziliyalik o‘yinchiga “Manchester Siti” va PSJ asosiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar