Xoland kerakmi? Hujumchiga 50 million evro maosh, agentiga 40 million gonorar tayyorlab qo‘ying!

  • 25.08.2021 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Borussiya”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Erling Xoland eng xaridori ko‘p futbolchilardan hisoblanadi.

Evropaning deyarli barcha grandlari yosh bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p gol urayotgan norvegiyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qiladi. Ayniqsa, kelasi yili futbolchini ancha arzon narx – 75 million evroga xarid qilish imkoniyati klublar tinchini o‘g‘irlagan.

Xolandning agenti Mino Rayola 21 yoshli hujumchini olishni istayotgan klublar uchun talablarni oshkor qildi.

Unga ko‘ra, Xolandning xizmatidan foydalanmoqchi bo‘layotganlar futbolchiga yiliga 50 million evro maosh to‘lashi kerak bo‘ladi. Rayola o‘zining cho‘ntagini ham o‘ylayapti. U transferni amalga oshirgani uchun 40 million evro gonorar talab qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!