
Xoland: Nolimayman, u meni yaxshilamoqchi!
Erling Xoland Pep Gvardiola qo‘l ostida ishlash haqida gapirdi.
"Ba’zida Pep (Gvardiola) biroz qo‘rqitishi mumkin.
Lekin Pep menga baqirganida, u men etishmayotgan narsamni boshimga solib qo‘yishga harakat qilganini yaxshi ko‘raman. Menga yoqadi, nolimayman, u meni yaxshilamoqchi", - dedi "shaharliklar" hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsum yozda "Siti" safida kelib qo‘shildi. Shu yil mobaynida u APL va EChLda eng yaxshi to‘purar bo‘ldi va "Siti" bilan trebl yutishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar