
Xoland qaysi jamoani tanlaydi? Uning agenti javob berdi
Kun mavzusi Erling Xoland transferi bo‘yicha yangiliklarni etkazishda davom etamiz. Kecha uning otasi Alf-Inge hamda agenti Mino Rayola bir necha grand jamoalar bilan muzokara olib borgani haqida xabar bergan edik.
Bugun mashhur agent Rayola mijozi faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishni istayotganini ma’lum qildi. 20 yoshli hujumchi La Ligada o‘ynashni xohlamoqda. U "Barselona" yoki "Real"dan birini tanlaydi. Boshqa klublar bilan muzokara o‘tkazmaydi.
Avvalroq, norvegiyalik futbolchiga Angliyadan ham bir necha da’vogarlar borligi aytilgandi. "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqish borligi ma’lum qilingan edi.
Erling Xoland joriy mavsum "asalarilar" safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar