
Xoland va Acherbi suhbati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Aslida nima bo‘lgan edi?!
Erling Xoland va Franchesko Acherbi Chempionlar ligasi o‘yinidan keyin bir-biriga hazil qilishdi. "Man Siti" va "Inter" (0:0) uchrashuvidan so‘ng, "Inter" himoyachisi va "Man Siti" hujumchisi o‘zaro suhbatlashdi. Ayrim manbalarning xabariga ko‘ra, Acherbi Xolanddan ikkita futbolka so‘ragan. O‘sha vaziyatda Erling hazil bilan javob bergani unning mimikasidan ham ayon bo‘ldi
Sky Italia nashrining ta’kidlashicha, italiyalik himoyachining bahs paytida o‘ynashga imkon bermaganidan biroz g‘azablangan Xolandning o‘zi o‘yindan keyin futbolkasini taklif qilgan. Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, Acherbi norvegiyalik futbolchi "Inter"ga qarshi ikkita o‘yinda gol ura olmaganiga ishora qilib, ikki barmog‘ini ko‘rsatgan bo‘lishining extimoli yuqoriroq.
O‘yindan so‘ng "Inter" futbolchisi xazil bilan ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi: "Men Xolanddan futbolka so‘radim, lekin u menga bermadi".
Shunday kelib chiqib ma’lum bo‘ladiki, aslida vaziyat shunchaki, do‘stona tarzda yakunlangan . Ya’ni har ikkala futbolchi tomonidan jiddiy bir harakat so‘dir bo‘lmagan.
Fikrlar