Xoland yangi jamoa tanladi, “Borussiya” uni ma’qulladi!
“Real” norvegiyalik hujumchi Erling Xoland uchun kurashda favoritga aylandi.
“Borussiya” hujumchisiga yozda haqiqiy “ov” boshlanishi kutilmoqda. Yosh to‘purar uchun “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, “Real”, “Manchester Siti”, PSJ kabi grand klurlar o‘zaro raqobatlashadi.
Dortmundliklar xaridorlar ro‘yxatining birinchi qatoriga “Qirollik klubi”ni joyladi. “Borussiya” rahbariyatiga “Real”ning ishga munosabati ma’qul kelgani aytilmoqda. Madridliklar “Borussiya” kelasi yozgacha Xolandni transfer qilmasligini bildirganidan so‘ng, boshqa jamoalardan farqli ravishda darhol muzokaralardan chiqdi. Shuni inobatga olib, dortmundliklar birinchi navbatda “Real” vakillari taklifini o‘rganib chiqadi.
Qolaversa, “Real” mutasaddilari Xolandning o‘zi bilan ham muzokara o‘tkazib, og‘zaki bo‘lsada roziligini olgani ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar