Xolanddan zo‘ri ham bor

  • 8 noyabr, 2021, 16:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” yozgi transferlar vaqtida Erling Xolandni grand klublaridan biriga sotishga majbur bo‘ladi. Futbolchining shartnomasidagi 2022 yilning yozida uni sotib olish mumkinligi haqidagi band kuchga kiradi.

Tecno

Dortmundliklar hozirdan norvegiyalik to‘purarga o‘rinbosar topib qo‘ydi. “Borussiya” rahbariyati mavsum kashfiyotlaridan biri Karim Adeyemini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Zaltsburg” safida to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan germaniyalik futbolchi ayni paytda Evropaning qator klublari nishonida turibdi.

Biroq, dortmundliklar 19 yoshli futbolchini Xolandga munosib o‘rinbosar sifatida tan olmoqda. Karim joriy mavsumda Avstriya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga o‘nta gol yozib qo‘ydi.

Bundan tashqari, yosh hujumchi Germaniya milliy terma jamoasida debyutini nishonlab, gollari hisobini ham ochdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!