Xolandni kelishini eshitgan "Siti" futbolchisi jamoadan ketmoqchi!

  • 25 aprel, 2022, 11:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar bermoqda. 

Tecno

Manbaning yozishicha, Jezus Xolandning ehtimoliy transferi sababli boshqa jamoaga ko‘chib o‘tmoqchi. Braziliyalik forvard zaxirada o‘tirishni xohlamayapti. Avvalroq, "shaharliklar" Erling bilan og‘zaki kelishuvga erishganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. 

Gabrielning "Siti" bilan amaldagi kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning xizmatiga "Arsenal" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Futbolchi joriy mavsum 35 o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va 12 golga hammualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!