Xolandning "Siti"ga tishi o‘tmadi. Yoxud uning faoliyatida bunaqasi birinchi marta sodir bo‘ldi

  • 15.04.2021 12:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi Chempionlar ligasida "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandni to‘xtata olgan birinchi jamoaga aylandi. Gap shundaki, 20 yoshli norvegiyalik futbolchi EChLda ilk bor bir klubga qarshi o‘tkazilgan har ikkala o‘yinda ham gol ura olmadi.

"Borussiya" Angliyada o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda "Siti"ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Dortmundliklar o‘z maydonida o‘tgan javob bahsida ham xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi. Xoland esa ushbu ikkala o‘yinda ham maydonni golsiz tark etdi.

Erling Xoland shu paytgacha Chempionlar ligasida jami 16 ta o‘yin o‘tkazgan. U ushbu bahslarda raqiblari darvozasiga 20 ta gol urishga erishgan.

Xoland joriy mavsum “Borussiya” Dortmund safida jami 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 32 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!