
Xorazmda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi va “Markaziy Osiyo” ochiq chempionati start oldi
Xorazmda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi va “Markaziy Osiyo” ochiq chempionati start oldi.
Xorazm viloyatining Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi va "Markaziy Osiyo" ochiq chempionati musobaqalari boshlandi.
Ushbu yirik sport musobaqasida O‘zbekistonning barcha hududlaridan, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Turkiyadan 200 dan ortiq sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqalar U20 yosh toifasida (yoshlar va qizlar) hamda kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqalar 12 sentyabr kunigacha davom etadi.
Fikrlar