
Xorijlik mutaxassis: Katanets nima qilayotganini biladi
Taniqli SPORT Star portali mutaxassisi Bhatchar Neeladri saytimizga O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi bahs oldidan intervyu berdi. Uning bir necha soatdan so‘ng, bo‘ladigan qarama-qarshilik va termamizning musobaqadagi imkoniyatlari haqida bildirgan fikri bilan tanishing.
Bugungi bahsdan nima kutyapsiz?
- Bugungi bahsda terma jamoangizni 2 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishini kutyapman. Qiziq o‘yin bo‘ladi deb o‘ylamayman. O‘zbekiston yuqori pressing yordamida huddi Avstraliya qilgani kabi, Hindistonni o‘z jarima maydonchasiga qamab tashlashga harakat qiladi. Tarkibda yaxshi saviyadagi ijrochilarning bor ekanligi bunga imkon yaratadi.
Umuman, terma jamoamiz va Srechko Katanets borasida qanday fikrdasiz?
- Ijobiy. Katanets deyarli 3 yil davomida yaxshi jamoa qura oldi. To‘g‘ri, hozir tarkibda Eldor Shomurodov va bir nechta etakchilar yo‘q, ammo ularni o‘rnini boshqa ijrochilar bilan to‘ldirishingiz mumkin. So‘nggi yillarda O‘zbekiston U17 va O‘zbekiston U20 terma jamoalarini ko‘rsatayotgan natijalari Osiyo futbol e’tiborida bo‘lib turibdi. Yurtingizda, futbolni qanday sevishlari bizga ma’lum. Menimcha, hozir Katanets nima istayotganini biladi. U aniq strategiya bilan
musobaqaga kelgan.
Terma jamoamizning musobaqada g‘oliblik uchun imkoniyatlari qanday?
- Menimcha, guruhdan bemalol keyingi bosqichga o‘tasizlar. Nimchorak finalda so‘zsiz g‘alaba kutyapman. Aynan, chorak final bosqichida chinakam kuchli raqib bilan kuch sinashishga to‘g‘ri keladi. Meni taxminim chorak final, ammo terma jamoangiz yarim finalga qadar etib borsa, hayron qolmayman.
Fikrlar