Xorijlik mutaxassislar Namanganda stol tennischilarni shug‘ullantirmoqda

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan Namangan shahridagi “Barkamol avlod“ sport saroyida stol tennisi bo‘yicha “Markaziy Osiyo Olimpiya umidlari“ haftaligi diorasida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilmoqda.

Mazkur haftalikda O‘zbekiston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlarining terma jamoalari a’zolari nazariy va amaliy, texnik hamda jismoniy mashg‘ulotlarda o‘z tajribalarini oshirmoqdalar.

Yig‘inda 10 yoshdan katta bo‘lgan stol tennischilar avstraliyalik murabbiy Dmitriy Levenko, eronlik Faraji Reza hamda mamlakatimiz stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova qo‘l ostida shug‘ullanyapti.

b133626e-6040-4394-a121-18844d7cfe95

7392f7b5-8b1f-4941-bf73-30d5bd1359ef_1

– O‘zbekistonda har bir soha kabi, sportga ham yuksak e’tibor qaratilayotganiga guvoh bo‘ldim, – deydi F.Reza (Eron). – Mashg‘ulotlar davomida yosh sportchilar barcha berilgan yuklama va mashqlarni to‘g‘ri bajarishga intilmoqda. Bu esa kelgusida ulardan tajribali tennischilar etishib chiqishiga ishnonch uyg‘otadi. O‘zbek stol tennischilari haqida gapiradigan bo‘lsam, ularning kelajagi porloq. 

 – Stol tennisi Osiyo davlatlarida juda rivojlanganligi barchaga ma’lum. Shu sababli ham ilk marotaba o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ishtirokchilari yosh bo‘lishiga qaramasdan ancha tajribaga ega, – deydi avstriyalik murabbiy Dmitriy Levenko. – Yig‘inning navbatdagi kunida tennischilarni texnik va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantirdik. O‘ylaymanki, hafta davomida sportchilar o‘z tajribalarini yanada oshiradi.

8eb04a89-3e3d-4b04-8236-30841f4d7ef2

7682a569-0369-4c45-b31a-e0703ef0e66a

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!