
Xorvatiyalik futbolchining "sovchilar"i ko‘paydi
Shotlandiyaning "Seltik" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yosip Yuranovich ispan grandlari e’tiborini tortgan.
Estadio Deportivo xabariga ko‘ra, 27 yoshli iqtidorli futbolchi uchun Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Atletiko" klublari kurash olib boradi.
Shotlandiya klubi futbolchisiga qiziqish ortganini uning Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan izohlash mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya terma jamoasi jahon chempionatida bugun Marokashga qarshi uchinchi o‘rin uchun o‘yin o‘tkazadi. Bahs 20:00da boshlanadi.
Fikrlar