Xorvatiyaliklar PSJga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish sirini ochdi

  • 24 avgust, 2020, 21:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) “Pari Sen-Jermen”ga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish sirini ochdi.

“PSJ, biz Chempionlar ligasida g‘olib chiqish retseptini bilamiz. Balki sizlar Xorvatiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishingiz kerakdir?”, - deyiladi HNS xabarida.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi etti yildan buyon EChLda g‘olib chiqayotgan jamoalarning barchasida xorvatiyalik futbolchilar bor. 2013 - "Bavariya" (Mario Manjukich), 2014 - "Real" (Luka Modrich), 2015 - "Barselona" (Ivan Rakitich), 2016 - "Real" (Luka Modrich, Mateo Kovachich), 2017 - "Real" (Luka Modrich, Mateo Kovachich), 2018 - "Real" (Luka Modrich, Mateo Kovachich), 2019 - "Liverpul" (Deyan Lovren), 2020 - "Bavariya" (Ivan Perishich).

PSJ kecha Chempionlar ligasi finalida "Bavariya"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!