Xorxe Masvidal: ""Men bitta – internetni portlatib yuboradigan jangni xohlayman"

  • 21.06.2024 12:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur amerikalik aralash yakkakurash jangchisi Xorxe Masvidal Neyt Diaz bilan jangidan so‘ng ringni baham ko‘rmoqchi bo‘lgan bokschilarni sanab o‘tdi.

 "Men bitta – internetni portlatib yuboradigan jangni xohlayman. Bu uchun raqib Logan Pol bo‘lgani yaxshi. U Meyvezerga qarshi jangda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, unga bir nechta yaxshi xuk zarbalarini berdi. Logan bilan uchrashganimdan so‘ng, Floyd yoki Pakyao kabi boks afsonalaridan biri bilan jang qilish ham ajoyib bo‘lardi", - deb Masvidaldan iqtibos keltiradi MMA Mania.

 Eslatib o‘tamiz, Diaz(21-13) va Masvidal(35-17) 6 iyul kuni Anaxaymda jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!