Xuker:"Men juda ahmoqona xatolar qilganman"

  • 29 avgust, 2024, 13:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Den Xuker faoliyatida yo‘l qo‘ygan xatolarini aytib o‘tdi.

“Men juda ahmoqona ishlar qilgan ekanman. Ya’ni, bir paytlar reytingda beshinchi raqamda bo‘lganimda ham Maykl Chendler bilan jang qilishga rozi bo‘lgandim. Yakunda esa Mayklga yutqazdim. Eng alam qilarlisi, bu uning UFC dagi birinchi jangi edi. O‘shanda, dunyoning narigi chekkasiga – Abu-Dabiga murabbiylarsiz uchib ketib, xato qilganimni tushundim. Bu voqealardan o‘zimga kerakli xulosa chiqardim. Endi  ahmoqona ish qilmayman, titul uchun kurashimni boshqa birovga berib qo‘ymayman", - deya Xukerning so‘zlarini keltirdi MMA News.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni bo‘lib o‘tgan "UFC 305" turnirida Den Xuker(24-12) polshalik jangchi Mateush Gamrot(24-3-1 N/C)ni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!