"Атлетико" Xulian Al’vares uchun narx belgiladi, ammo "Barsa"ga amal qilmaydi

  • 27.08.2026 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» hujumchisi Julian Alvares yozgi transfer oynasi yakunlanguniga qadar jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida argentinalik jurnalist German Garsiya Grova xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone argentinalik forvardni sotishga rozilik bergan. «Atletiko» rahbariyati futbolchi uchun 130 million yevro miqdorida transfer narxini belgilagan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu summaga har qanday klub, faqat «Barselona»dan tashqari, da’vogarlik qilishi mumkin. 

Agar kataloniyaliklardan boshqa istalgan jamoa ko‘rsatilgan miqdorni to‘lasa, Alvares sotib yuboriladi. «Atletiko» esa Julianni aynan «Barselona»ga qo‘yib yuborish variantlarini mutlaqo ko‘rib chiqmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!