Xulian Al’vares "Atletiko"dan ketish istagini ochiq aytdi

  • 23.06.2026 03:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Atletiko” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Julian Alvares yozgi transfer oynasida jamoasini oʻzgartirish niyatida ekanini maʼlum qildi.

"Orzuyimni amalga oshirmoqchiman. Klubda gaplashishim kerak boʻlgan insonlar bilan suhbatlashdim. Kelajagim uchun eng yaxshi qaror — bu transfer", — dedi Alvares.

26 yoshli futbolchi oʻtgan mavsumda “Atletiko” safida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi boʻldi.

Avvalroq hujumchiga “Barselona”, “Real Madrid”, “Arsenal” va Evropaning boshqa qator top klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda u Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!