Xulian Alvaresga ikki grand klubi qiziqish bildirmoqda

  • 23 sentabr, 15:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi hujumchisi, hozirda Madridning "Atletiko" klubida to‘p surayotgan Xulian Alvaresni ikki katta evropalik klub o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Bu haqda "Fichajes" xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli forvardga "Barselona" hamda Angliyaning amaldagi chempioni "Liverpul" da’vogarlik qilmoqda. Alvares esa kelgusi yozda "Atletiko"ni tark etish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Xulian o‘tgan yili "Manchester Siti"dan "matraschilar"ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan beri u madridliklar safida 62 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!