
Xushnud Avilov "Andijon"ni nega "Navbahor"ga almashtirdi? Futbolchi sababini aytdi
Andijonlik Xushnud Avilov 2021 yilni “Navbahor” safida o‘tkazishi haqida saytimiz orqali xabar bergandik.
Endilikda “Andijon”ning sobiq futbolchisiga aylangan Avilovni “Navbahor”ga kim taklif qildi? Nega “Andijon”da qolmadi? Xushnud bu borada sports.uz saytiga quyidagilarni aytdi:
- Meni “Navbahor” jamoasiga No‘’mon Hasanov taklif qildi. “Navbahor”ning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari yoqdi. Shu sababli namanganliklarni tanladim. Bu jamoa bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzoladim. Afsuski, “Andijon” bilan kelisha olmadik. Oldimda esa 3-4 ta variantlar turgandi.
“Navbahor”dan tashqari menga “Surxon”, “Qo‘qon-1912” kabi klublardan ham chorlovlar bo‘lgandi. Albatta, “Andijon” ham meni olib qolishga harakat qildi. Lekin yuqorida aytganimdek, ular bilan kelisha olmadik. Baribir “Andijon” klubiga omad tilayman. Men uchun andijonlik muxlislar birinchi raqamlisi. Har doim ularni yaxshi ko‘raman, - deydi Avilov.
Fikrlar