Xushxabar! Nikita Rafalovich "Moscow Grand-Prix Final"da bronza medalni qo‘lga kiritdi!

CHERY AUTO

Rossiya poytaxti Moskva shahrida taekvondo bo‘yicha "Moscow Grand-Prix Final" musobaqasi davom etmoqda.

Tecno

Kecha, musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nikita Rafalovich bronza medali uchun jang qilishi haqida xabar qilgandik. Hamyurtimiz biroz avval medal uchun misrlik Seif Issaga qarshi jang qildi va 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, Nikita nufuzli musobaqaning bronza medali va Olimpiada uchun qimmatli bo‘lgan 28,8 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Rafalovich 1/8 finalda avstraliyalik Jek Martonni 20:0, chorak finalda ispaniyalik Raul Martines Garsiyani 15:3 hisobida mag‘lub etgan edi. Yarim finalda esa ozarbayjonlik Milad Beigi Xarcheganiga imkoniyatni boy bergandi.

Ushbu muvaffaqiyat Rafalovichni Tokio Olimpiadasi litsenziyasi sari yanada yaqinlashtirdi!

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!