
Xushxabar! "Sport TV" La Liga translyatsiyasi huquqini sotib oldi
Xabaringiz bor, Ispaniya La Ligasida yangi mavsum start oldi. Ushbu chempionatning dastlabki turlari yurtimizda translyatsiya qilinmayotgan edi. "Sport tv" direktori Zohid Karimov La Liga translyatsiya huquqi sotib olinganligini ma’lum qildi.
"Assalomu alaykum, talab va istaklarni inobatga olib, MTRK La Liga huquqini oldi. Biz doim harakatdamiz", - deya yozib qoldirdi Karimov.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda La Ligani "Uzreport TV" telekanali translyatsiya qilib kelayotgandi.
Fikrlar