Xushxabar! Ulug‘bek Rashitov Rim Gran-Prisi chempioni

  • 9 iyun, 2023, 23:17
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Italiya poytaxtida start olgan taekvondo WT bo‘yicha Gran-Pri musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug‘bek Rashitov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Hamyurtimiz finalda vengriyalik Levente Jozsani 2:0 hisobida mag‘luboyatga uchratdi. Shu tariqa, 8 yillik tanaffusdan so‘ng o‘zbekistonlik taekvondochilar Gran-Pri musobaqasida yana oltin medalga sazovor bo‘lmoqda.

Ulug‘bekdan oldin Dmitriy Shokin 2015 yilgi Moskva hamda Manchester mezbonligida o‘tgan Gran-Prilarda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgandi.

Bundan tashqari, yana bir mahoratli sportchimiz Nikita Rafalovich ham finalga yo‘l olgandi. Afsuski, u hal qiluvchi bellashuvda britaniyalik Kaden Kunninghamga imkoniyatni boy berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!