Xvicha: "Biz uddalay olishimizga ishonaman"

  • 11 mart, 13:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliya "Liverpul"ga qarshi javob bellashuvidan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, jamoasining bo‘lajak uchrashuvdagi imkoniyatlari va Parijdagi hayoti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
  
"Biz o‘zimizga to‘liq ishonamiz. Jamoam bilan birga, buni qila olishimizni his qilmoqdamiz va orzuimiz uchun kurashamiz. 
 
Men Parijga juda yaxshi moslashdim, jamoa va Luis Enrike bilan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Biz navbatdagi bahsda o‘zgacha narsa yaratmoqchimiz" - dedi "Napoli"ning sobiq futbolchisi. 
 
Xabaringiz bor, ikki klub o‘rtasidagi ilk bahs 0:1 hisobida mersesaydliklar foydasiga yakunlangan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli vinger joriy mavsum PSJ safida 12 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!