
Xvicha Ronalduni qo‘llab-quvvatladi
Xvicha Kvaratsxeliya Krishtianu Ronalduni Stefen Karriga qiyosladi.
"Albatta, Messi - fantastik futbolchi va uning o‘yinini ko‘rish har doim yoqimli. Biroq baribir men Krishtianu Ronalduni futboldagi Stefen Karri deb bilaman.
Bolaligim davomida men unga muxlislik qilganman. Hozir ham shunday. U futbolda ekan, men uni qo‘llab-quvvatlayman", - dedi "NApoli" yarim himoyachisi "DAZN" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Stefen Karri taniqli basketbolchi. U to‘rt karra NBA (Milliy basketbol assotsiatsiyasi) chempioni hisoblanadi.
Fikrlar