
Yakkakurashchi Naimjon To‘xtaboev raqibini nokautga uchratdi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi o‘zbekistonlik Naimjon To‘xtaboev o‘zining navbatdagi jangini Malayziyaning Kota-Bahru shahrida o‘tkazdi. “King of Warriors” turnirida unga afg‘onistonlik Roziq Atai raqiblik qildi.
75 kg vazn toifasida kechgan mazkur jangda Naimjon katta ustunlikka ega bo‘lib, raqibini muddatidan oldin nokautga uchratdi.
Sportchimiz oldingi jangini Tailandda “Qirol kubogi” turniri doirasida o‘tkazib, qo‘li sinib ketganligi bois mag‘lubiyatga uchragan edi.
Fikrlar