
Yakutskda erkin kurash bo‘yicha jahon kubogi boshlandi
Bugun Rossiyaning Yakutsk shahrida erkin kurash bo‘yicha jahon kubogi boshlandi. Unda o‘tgan yilgi musobaqalarda eng yaxshi natijani qayd etgan 8 terma jamoa 2 guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi. "A" guruhidan Rossiya, Kuba, Yaponiya hamda Turkiya terma jamoalari o‘rin olgan bo‘lsa, "V" kvartetidan AQSh, Gruziya, Eron hamda Mo‘g‘uliston jamoalari joy oldi. Biroz avval birinchi bellashuvlar yakunlandi. Unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Rossiya - Kuba 9:1
Yaponiya - Turkiya 8:2
AQSh - Gruziya 7:3
Eron - Mo‘g‘uliston 9:1
Eslatib o‘tamiz, musobaqa reglamentiga ko‘ra, har bir terma jamoadan 10 nafar kurashchi o‘zaro bahs olib borishadi. Mabodo ikki jamoadan 5 ishtirokchi g‘olib chiqsa, bahsda to‘plangan ochkolar hisob-kitob qilinadi. Birozdan so‘ng kechki dasturda va ertaga kunning birinchi qismida saralash bahslari o‘tkazilsa, jamoalar ertaga kechki payt medallar uchun kurash olib borishi belgilab qo‘yilgan.
Fikrlar