
Yamal La Ligada eng ko‘p muvaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchiga aylandi
"Barselona"ning 17 yoshli vingeri Lamin Yamal joriy mavsum La Liganing eng yaxshi driblingchisi bo‘ldi. U Ispaniya chempionatida 161 marta raqiblarini dog‘da qoldirib, muvaffaqiyatli aldab o‘tgan.
Qolgan o‘rinlardagi futbolchilar:
Dodi Lukebakio ("Sevilya") – 84
Kilian Mbappe ("Real") – 83
Vinisius Junior ("Real") – 82
Andrey Ratsiu ("Rayo Valekano") – 76
Takefusa Kubo ("Real Sosedad") – 75
Yamal raqiblaridan ikki barobarga yaqin ko‘p dribling qilgan holda, chempionatda bu borada mutlaq etakchi bo‘ldi.
Fikrlar