Yamal uch nafar sevimli futbolchisi qatoriga "Real"da o‘ynagan yulduzni qo‘shdi

  • 08.09.2026 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning yosh va iste’dodli vingeri Lamin Yamal bolaligiga oid qiziqarli savolga javob berdi. Undan qaysi futbolchilarni yoshlikda o‘zi uchun ideal, deb bilgani so‘raldi. Yamal javobida «Barselona» va «Real» yulduzlarini tilga oldi.

- Bolaligingizda sevimli futbolchilaringiz kimlar edi?

- Messi, Neymar va Karim Benzema, - deya Yamalning so‘zlarini The Touchline nashri keltiradi.

Hozirgi paytda Lamin Yamal va «Barselona»ning boshqa futbolchilari Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turidan o‘rin olgan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kataloniya klubi o‘z maydonida «Feyenoord»ni qabul qiladi. Bellashuv chorshanba, 9 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Lamin Yamal shu yil «Oltin to‘p» uchun 30 nafar da’vog‘ar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!