Yamalni to‘xtatishga tayyorman
Londonning "Chelsi"klubi himoyachisi Mark Kukurelya "Barselona"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Barselona"ga qarshi bahs o‘ziga xos bo‘ladi. O‘yinni intizorlik bilan kutyapman. Yamalmi? Uni ham yo‘q qilishga tayyorman. Lekin maydonda boshqa futbolchilar ham bor. Bu mening u bilan shaxsiy o‘yinimiz emas, biroq qattiq jang bo‘lishi aniq. Uni zararsizlantirishga va gol urishiga imkon bermaslik uchun harakat qilaman", - dedi ispaniyalik fulbek.
Ma’lumot uchun, "Chelsi" va "Barselona" uchrashuvi 25 noyabr kuni tungi soat 01:00 da start oladi.



Fikrlar