Yamayka Bosh vaziri Useyn Boltga oid xushxabarni e’lon qildi

CHERY AUTO

  Sakkiz karra Olimpiya chempioni va 11 marotaba jahon chempioni Useyn Bolt otaga aylandi. 33 yoshli sportchiga uning sevgilisi Kessi Bennett qizaloq hadya etdi. Yamayka Bosh vaziri Endryu Xolness o‘z  Twitter sahifasida bu borada xabar berdi.

Tecno

“Afsonaviy sprinterimiz Useyn Bolt va Kessi Bennettni qizlarining dunyoga kelishi bilan tabriklaymiz!”, - deb yozgan Xolness.

Bolt 2017 yilgi jahon chempionatidan keyin sportchi sifatida faoliyatini yakunlagandi. U 100 metr (9.58 s) va 200 metr (19.19 s)ga yugurish bo‘yicha jahon rekordlari egasidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!