
Yana bir hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, 24 maydan 1 iyungacha Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi.
Bugun ham charm qo‘lqop ustalarimiz chorak finalda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazishi belgilangan.
-70 kg da hamyurtimiz Oysha Toirova va ukrainalik Anastasia Chernokolenko jangi yakunlandi. Barcha raundlarda raqibasidan faolroq harakat qilgan Toirova yakunda ochkolar evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni yana bir yurtdoshimiz Javohir Abdurahimov va Qozog‘iston vakili Timur Nurseitov qarama-qarshiligi kutib turibdi.
Fikrlar