Yana bir London grandi! Husanov tushishi mumkin bo‘lgan "Siti"ning keyingi o‘yini

  • 26 yanvar, 18:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan "Manchester Siti" jamoasi keyingi uchrashuvni Evropa Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o‘tkazadi (29 yanvar, tonggi soat 01:00da). 

EChL so‘nggi turidan o‘rin olgan o‘yin "shaharliklar" uchun suv va havodek muhim bo‘lib, jamoaning keyingi bosqichga chiqish yoki chiqmasligini hal qiladi. Afsuski, mazkur bellashuvda legionerimiz Abduqodir Husanov ishtirok eta olmaydi. Sababi, qishki transferlar oynasida yangi klubga ko‘chib o‘tgan futbolchilar faqatgina pley-offdan boshlab yangi jamoasida to‘p tepa oladi. 

Shunday qilib, Abduqodir Husanov maydonga tushishi mumkin bo‘lgan "Siti"ning navbatdagi o‘yini "Arsenal"ga qarshi APL doirasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu to‘qnashuv 2 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. 

Bilasiz, kecha Husanov "Chelsi"ga qarshi o‘zining debyutini o‘tkazdi va 52 daqiqa harakat qildi. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!