Yana bir necha soatlardan so‘ng evrokuboklarning chorak finaliga qur’a tashlanadi

  • 18.03.2022 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Shveytsariyaning Non shahrida UEFA Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasining chorak final bosqichlariga qu’a tashlanadi.

Qur’a natijasida yuqoridagi turnirlarning chorak final va ehtimoliy yarim final juftliklari aniqlanadi.

Chempionlar ligasiga soat 16:00 da, Evropa ligasiga soat 17:30 va Konferentsiyalar ligasiga soat 19:00 da qur’a tashlash marosimi boshlanadi. Barchasi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Chempionlar ligasi: "Liverpul", "Chelsi", "Manchester Siti", "Bavariya", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko" va "Benfika".

Evropa ligasi: "RB Leyptsig", "Atalanta", "Braga", "Reyndjers", "Barselona", "Ayntraxt", "Vest Xem" va "Lion".

Konferentsiyalar ligasi: "Lester", "Marsel", PSV, "Bude-Glimt", PAOK, "Slaviya" (Praga), "Roma" va "Feyenoord".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!