
Yana bir nufuzli boks tashkiloti rossiyalik sportchilarga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) rossiyalik sportchilarga nisbatan sanktsiyalarni bekor qildi. Bu haqda WBO matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Ushbu qaror tufayli Rossiya Federatsiyasi bokschilari Jahon boks tashkiloti reytingiga qaytarildi. Ular 2022 yildan, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan keyin bu imkoniyatdan mahrum qilingan edi.
Yarim og‘ir vaznda WBO yo‘nalishi chempioni rossiyalik Artur Beterbiev 12 oktyabr kuni hamyurti Dmitriy Bivol bilan jang o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ular Saudiya Arabistonida jang qilishlari kerak. Dastlab ushbu jang iyun oyi boshida o‘tkazilishi kerak edi.
Avvalroq, rossiyalik sportchilarga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilish haqidagi qaror Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) tomonidan qabul qilingan edi.
Fikrlar