Yana bir o‘zbekistonlik jangchi UFCga o‘tmoqda yoxud u Habib Nurmagomedov bilan bir kechada jang qiladi

  • 16 oktabr, 2020, 14:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA jangchisi Liliya Shakirova UFC promousheni bilan to‘rtta jangga shartnoma imzoladi. Jang sanasi ham aniq. Yurtdoshimiz 24 oktyabr kuni asosiy voqeasi Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi bo‘lgan "UFC 254" turnirida oktagonga ko‘tariladi.

Tecno

Uning raqibasi Loren Myorfi bo‘ladi. Aslida, Myorfi Sintiya Kalvillo bilan o‘sha jang kechasida to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq Sintiyada koronavirus aniqlanganligi bois, u turnirni tark etdi. Uning o‘rni esa, O‘zbekiston vakilasi bilan to‘ldirildi. Agar, barcha tekshiruvlar ko‘ngildagidek bo‘lsa, hamyurtimiz ertaga Abu-Dabiga uchib ketadi. 

Shakirova Rossiyaning GFC promoushenining super engil vazn toifasi chempioni edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!