Yana bir yulduz Evropadan Saudiyaga yo‘l olmoqda
Frantsiyaning “Marsel” klubi va Angliya milliy terma jamoasining 24 yoshli hujumkor futbolchisi Meyson Grinvud joriy mavsum tugagach, Saudiya Arabistoniga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
L'Equipe ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi Saudiya Arabistoni Professional ligasi klublari uchun juda muhim nishonga aylangan, chunki ular jahon futbolining mashhur yulduzlarini o‘z safiga qo‘shishga intilishmoqda.
Liga rahbariyati Grinvudni o‘z klublaridan biriga o‘tkazish uchun katta mablag‘ ajratishga tayyor. Hozircha futbolchiga qiziqish bildirgan aniq klub nomi aytilmagan. Grinvud atrofidagi vaziyatni Ispaniya va Angliyaning yetakchi klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
“Manchester Yunayted” akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2024 yilda 26 million yevro evaziga “Marsel” bilan shartnoma imzolagan. Ushbu mavsumda u klub safida 37 ta o‘yinda ishtirok etib, 25 ta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Grinvudning “Marsel” bilan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi, Transfermarkt bahosiga ko‘ra uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar