Yana bir yulduz futbolchi MLSga yo‘l oladigan bo‘ldi

  • 04.01.2022 19:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" yarim himoyachisi Lorentso Insine "Toronto"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

30 yoshli italiyalik futbolchi mavsumni "Napoli"da yakunlab, yozda erkin agent sifatida "Toronto"ga o‘tishga qaror qildi. u Kanada klubi bilan to‘liq kelishuvga erishgan. Shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi. 

Avvalroq, 30 yoshli pleymeyker Kanada klubidan yiliga soliqlarsiz 15 million evro maosh olishi haqida xabar berilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!