
Yana Fayzullaevni tanlashdi (foto)
Rossiyadagi debyut mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazgan Abbosbek Fayzullaev turli ramziy terma jamoalardan joy olmoqda.
Bu gal Rossiya kubogi tashkilotchilarini 20 yoshli hujumkor futbolchimizni eng zo‘r o‘yinchilar qatorida e’tirof etdi.
Rossiya kubogining ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Evgeniy Latishonok (darvozabon), Roberto Fernandes, Tigran Avanesyan ( hammasi “Baltika”dan), Pedro, Mateo Kasserra (“Zenit”), Barboza Moyzes, Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Andrey Langovich, Ivan Komarov (“Rostov”), Srdjan Babich (“Spartak”), Maksim Turishev (“Rodina”).
Abbosbek Fayzullaev Rossiya kubogi doirasida o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga bitta gol va uchta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar