Yangi biznes: “Barsa” Reşfordni sotib olib, darhol qimmatiga sotadi

  • 21.02.2026 17:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” tarbilanuvchisi Markus Reşfordning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Manchesterliklar 28 yoshli futbolchini mavsum boshida Kataloniyaga jo‘natib, “Barselona”ga ijaraga bergan edi.

Ispan grandida tajribali futbolchini 30 million evroga transfer qilish huquqi bor. Biroq kataloniyaliklar moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, shu summani to‘lashga ham qiynaladi.

Transfer News Live va  El Nacional kabi manbalarning xabar berishicha, moliyaviy muammolardan chiqib keta olmayotgan “Barselona” Reşfordni to‘liq transfer qilganidan keyin uni foyda evaziga darhol qayta sotishni ko‘zlamoqda.

Nomlari sir tutilayotgan ayrim klublar 28 yoshli futbolchi uchun ushbu summaning deyarli ikki baravariga teng mablag‘ni to‘lashga tayyor. Shu sababli bunday kelishuv iqtisodiy jihatdan kataloniyaliklar uchun juda foydali bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Markus Reşford Hans-Diter Flik jamoasi safida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!