
Yangi jamoa tuzayotgan “Manchester Yunayted” endi faqat uch yosh futbolchiga tayanadi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yangi loyihaga qo‘l urmoqda. Ish tarkibni qayta shakllantirishdan boshlanadi.
The Telegraph nashrining xabar berishicha, manchesterliklar faqat uch nafar futbolchining joyini kafolatladi. Bular 19 yoshli yarim himoyachilar – Alexandro Garnacho va Kobbi Maynu, 21 yoshli hujumchi Rasmus Xyoylunn.
Manbaga ko‘ra, klub mutasaddilari bu o‘yinchilar bo‘yicha hech qanday taklifni qabul qilmaydi.
Rasmus Xyoylunn jamoaga o‘tgan yozda “Atalanta”dan 73,9 million evroga olib kelingan.
Qolgan ikki futbolchi – Garnacho va Maynu klub tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Bu o‘yinchilarning bari yangi jamoada asosiy figuralar bo‘lishi kutilmoqda.
Fikrlar