Yangi stadion "Tottenxem"ga omad keltirmoqda

  • 24.04.2019 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubining yangi stadionida qayd etayotgan natijalari ajoyib bo‘lmoqda.

Gracenote Live nashrining xabar berishicha "shporlar" "Tottenxem Xotspur Stedium"da hozircha 4ta o‘yin o‘tkazishdi va ularning barchasida g‘alaba qozonishdi. To‘plar nisbati esa 8:0.

Maurisio Pochettino shogirdlari yangi arenada APL doirasida "Xaddersfild" (4:0), "Kristal Pelas" (2:0) va "Brayton" (1:0) jamoalarini engishdi. Chempionlar ligasida esa "Manchester Siti" (1:0) dog‘da qoldirildi.

Ma’lumot uchun, "Tottenxem Xotspur Stedium" joriy yilning 3 aprel kuni foydalanishga topshirildi. U o‘z bag‘riga 62 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!