
Yangi yulduzning bozori qaynayapti
Portugaliya chempionati Evropa futboliga juda ko‘p iqtidor egalarini kashf qilib bergan. Ayniqsa, bu chempionat Janubiy Amerika tomonlardan kelgan bo‘lajak yulduzlar uchun Evropaga moslashish imkoniyatini yaratib beradi.
Joriy mavsumda “Sporting” etakchisiga aylangan urugvaylik Manuel Ugartening bozori qaynay boshladi.
22 yoshli yarim himoyachi bir necha klublar nishoniga tushdi. Xususan, Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritgan PSJ Ugartega jiddiy qiziqmoqda. Mavsumni omadsiz o‘tkazgan “Chelsi” ham yangi loyihaga urugvaylik futbolchini jalb etmoqchi.
Portugaliya klublari kashf qilingan iqtidorlarni uzoq ushlab o‘tirmaydi. “Sporting” ham Ugarteni qo‘yib yuborishga tayyor. Ular iste’dodli o‘yinchisini 60 million evroga transfer qilishga rozi ekanini bildirmoqda.
Fikrlar