
"Yangier" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Faoliyati davomida “Nasaf", "Mash’al", "Bunyodkor" va "Neftchi" kabi nomdor klublarda o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Jahongir Jiyamurodov jamoamiz bosh murabbiyi lavozimida ish boshladi.
Yosh iste’dodli mutaxassis bugunga qadar "Zomin" va "Rubin" klublarida bosh murabbiy lavozimida ish olib borgan, - deya xabar tarqatdi “Yangier” matbuot xizmati.
Shunday qilib, o‘tgan mavsumni jamoa bosh murabbiyi sifatida yakunlagan Diyor Mirzaboev klubni tark etgan. Kuni kecha ushbu mutaxassis Sports.uz saytiga bergan intervyusida “Yangier”dan ketganini klub rasmiy sahifasida chiqqan xabar orqali bilganini aytgandi.
Fikrlar