Yangilanayotgan “Barsa”. Yaqin kelajakda kimlar to‘p suradi?

  • 13.07.2020 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” tarkibini yoshartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ayni paytda kataloniyaliklar jamoadagi yosh o‘yinchilarni katta summaga ham sotmayapti. Qolaversa, ularning yoniga boshqa klublarda tarbiyalanayotgan vunderkindlarni xarid qilmoqda.

Bu gal “Barselona” rahbariyati “San-Paulu”  hujumchisi Gustavo Mayyani olishga qaror qildi. Kelishuvga ko‘ra, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchi uchun 15 iyulga qadar 1 million evro o‘tkazib beradi. Yana 3,5 million evro miqdoridagi mablag‘ bo‘lib to‘lanadi.

Shuningdek, “Barselona” Mayyani transferida imtiyozga ega bo‘lish uchun o‘tgan yili “San-Paulu”ga 1 million evro bergan edi. Mayya shu paytga qadar “San-Paulu”ning asosiy tarkibida maydonga tushmagan.

“Barselona” esa bu futbolchidan oldin “Rayo Valekano”ning 16 yoshli futbolchisi Fabian Lutstsini qo‘lga kiritgan edi.

“Barsa” madridlik vunderkindni olmoqda. U yaqin kelajakda Messining o‘rnini egallaydi

“Barsa”ga Messining o‘rnini egallaydigan to‘purar keldi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!