Yangilangan WBO yangilangan reytingida o‘zbekistonliklar qaysi pog‘onani zabt etishdi

  • 20.11.2019 11:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) noyabr oyi uchun bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri muxbiri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, reytingda yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bu safar o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, 10-o‘rinni band etgan. Ayni vaqtda Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi, WBC reytingida esa oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

O‘ta engil (-50,80 kg, 112 fut) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Olimjon Nazarov (20-5, 11 KO) esa o‘tgan oydagi ko‘rsatkichidan ikki pog‘ona yuqorilab 12-o‘ringa joylashgan. Eslatib o‘tamiz, Olimjon Nazarov avgust oyida filippinlik Ivan Sorianoni (20-3-1, 10 KO) ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratib, WBO Oriental (mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi bo‘lgan va shu orqali reytingdan joy olgandi.

Super engil vazn (-63,5 kg) toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shohjahon Ergashev (17-0, 15 KO) esa o‘tgan oydagi kabi 11-o‘rinda qolgan. Shohjahon Ergashev ayni vaqtda WBA reytingida ham, IBF reytingida ham bir xil — oltinchi o‘rinda bormoqda.

Reytingdan o‘zbekistonlik boshqa sportchilar joy olishmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!